O‘zbekistonda inson huquqlari faoliyatini kuchaytirish maqsadida tuzilgan Inson huquqlari uyi 3-dekabrdan ish boshlaydi. Ushbu maydonda xalqaro va milliy hujjatlar, inson huquqlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va tahliliy hisobotlar kutubxonasi yaratilgan.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida mahbuslarga yetarli sharoitlar yaratilmagan, deya ombudsman monitoring natijalarini e’lon qildi. Kameralarda qator jihozlar yetishmaydi, choyshab va yostiq jildlari ham monitoring kuni almashtirilgan, yuvinish xonalari gigiyenaga javob bermaydi.
O‘zbekistonda shaharni yangilash bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyihalar amalga oshirilmoqda, bu uchun esa ba’zan butun mavzelar buzib tashlanmoqda. Ko‘pincha bu yetarli qonuniy asossiz sodir bo‘lyapti. BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha shunday xulosaga keldi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, akademik Akmal Saidov 2025—2028-yillarga mo‘ljallangan BMT Inson huquqlari qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. BMTning mazkur organiga O‘zbekistondan birinchi marta vakil saylandi.
Rossiya ommaviy axborot vositalarining Ukrainadagi urush haqidagi ritorikasini genotsidga chorlash deb hisoblash mumkin, deya ta’kidladi BMT komissiyasi. Rossiya armiyasining harbiy jinoyatlari, jumladan, fuqarolik infratuzilmasiga hujumlari va qiynoqlarga yo‘l qo‘yganiga oid ko‘plab dalillar ham to‘plandi.
AQSh “Tolibon” harakatini “inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishiga olib keluvchi siyosatini, ayniqsa, ayollarga nisbatan qayta ko‘rib chiqishga” chaqirdi. “Tolibon”, o‘z navbatida, Afg‘oniston Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarini qaytarishni so‘radi.
Tadbirkorlar kunu tun savdo qilishiga ruxsat beriladi, endi chaqaloqlarning guvohnomalari FHDYOdan emas, balki tug‘ruqxonani o‘zidan olinadi, “To‘maris izdoshlari” guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, qishda talafot ko‘rgan tadbirkorlarga berilgan kredit ta’tillari tugaydi — 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?
YeIning inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Eymon Gilmor O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurib, adliya, ichki ishlar vazirlari va bosh prokuror, shuningdek, mamlakat prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. “Gazeta.uz” undan tashrif maqsadi va O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvolini qanday baholashini so‘radi.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari» va «Bola huquqlari» bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Afg‘oniston muvaqqat hukumati tomonidan ayollar huquqlarining cheklanishini «ayollarga nisbatan institutsional tizimli zulm» deb atadi. Shu bilan birga, mamlakatdagi gumanitar inqiroz fonida aholining 93 foizi to‘yib ovqatlanmaydi, deya ma’lum qildi BMT.
Afg‘onistonning Tolibon hukumati ayollardan jamoat joylarida hijob o‘rab yurishni talab qilmoqda. Mazkur tartibga bo‘ysunmagan ayollar davlat ishlaridan bo‘shatiladi. 2001 yilgacha toliblar hukmronligi davrida ham hijob majburiy edi.
O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi yaxshilanishlar bilan bir qatorda, so‘z erkinligi, uyushmalar va tinch yig‘ilishlar erkinligiga nisbatan cheklovlar saqlanib qolmoqda, deyiladi Amnesty International hisobotida. Dunyoda so‘z, vijdon erkinligi, yig‘ilish erkinligi va boshqa erkinliklarga nisbatan tazyiq kuchaymoqda, deya ta’kidladi inson huquqlari tashkiloti.
Deputatlar qiynoqlardan jabrlanganlarga tovon puli to‘lashni nazarda tutuvchi Fuqarolik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz rahbarining birinchi o‘rinbosari mazkur hujjat BMT Qo‘mitasi va maxsus ma’ruzachisi tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazuvchi va uning manfaatlariga ta’sir etuvchi qiynoq holatlari, GSP+ bo‘yicha majburiyatlar hamda boshqa omillar tufayli qabul qilinishi zarur ekanligini ta’kidladi.
AQSh senatorlar guruhi Oq uy va Davlat departamentini inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat sababli O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Ularning fikricha, O‘zbekistondagi islohotlar sustlashgan, mamlakatda erkin so‘z huquqi cheklanmoqda. OAV faoliyatida ham muammolar kuzatilmoqda.
O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun «Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari» treningi o‘tkazilmoqda. Unda, jumladan, qamoqxonalarda qiynoqlarning oldini olish ko‘nikmalari ham o‘rgatiladi.
BMTning O‘zboshimchalik bilan hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhi O‘zbekistonni davlat to‘ntarishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qamalgan sobiq diplomat Qodir Yusupovni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi. Oltita inson huquqlari tashkiloti ham xuddi shu bayonot bilan chiqdi.
Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zladi. Uning nutqidan asosiylari: yaqin vaqt ichida parlament Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qiladi, bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ladi, qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga bundan buyon ham mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston bu bo‘yicha maxsus ma’ruzachini taklif etishni ko‘zlamoqda, qolaversa, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar tashrifi ham kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlaydi. Shavkat Mirziyoyev mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.
O‘zbekiston tarixda birinchi marotaba uch yil muddat mobaynida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zo 47 davlatdan biri sifatida faoliyat yuritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazining 30 o‘rinlik hududiy bo‘linmalari tashkil etilishi kutilmoqda. Respublika reabilitatsiya markazi uchun ajratilgan o‘rinlar soni esa 50 taga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting